Qoraqalpoq tili 35 yoshda

Bugun Qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilgan kun

 

 

Qoraqalpoq tili — turkiy tillarning qipchoq guruhiga mansub tillardan; qozoq va noʻgʻay tillari bilan birgalikda qipchoq tillarining qipchoq-noʻgʻay guruhchasini tashkil etadi. Asosan, Qoraqalpogʻistonda, shuningdek, Xorazm, Navoiy, Buxoro viloyatlari hamda Qozogʻiston va Turkmanistonning unga qoʻshni hududlarida, Rossiya federatsiyasi va Afgʻonistonda tarqalgan.

 

 

1989-yil 1-dekabr – Qoraqalpogʻiston tarixidagi muhim sanalardan biri. Ayni shu kuni Qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilgan.

 

 

Qoraqalpoq yozuvi ham xuddi oʻzbek yozuvi kabi bir necha bosqichlarni boshidan oʻtkazgan. U 1928-yilgacha arab alifbosi asosida yozilgan boʻlsa, keyin lotin alifbosiga oʻtdi. 1940-yilda kirill yozuviga, 1994-yilda esa yana lotin alifbosini qabul qilgan.

 

 

Bugungi kunda qoraqalpoq tilini yanada boyitishga davlat siyosati darajasida eʼtibor qaratilmoqda.

 

 

Xususan, qoraqalpoq tilidagi yangi darsliklar va qoʻllanmalar, badiiy kitoblar nashrdan chiqarilayotgani, ilmiy anjumanlar va boshqa tadbirlarning tashkil etilayotganini qayd etish mumkin.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры