Oʻqituvchining darslarini videokamerada kuzatib, reyting boʻyicha oylik berish kerak – Alisher Qodirov

Bolalarga yaxshi ta’lim bermagan o‘qituvchilarga kamroq maosh berish kerakligini aytgan Alisher Qodirov o‘qituvchilarga ko‘proq pul ajratilishiga ham rozi ekanligini ta’kidlar ekan, malaka toifasi degan narsani umuman o‘rtadan olib tashlab, pedagoglar darsini videokamerada kuzatib, reyting bo‘yicha oyligini belgilash kerakligini aytdi.

 

Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisida chiqish qilgan, “Milliy tiklanish”demokratik partiyasi yetakchisi Alisher Qodirovning bolalarga yaxshi taʼlim bermagan oʻqituvchilarga kamroq maosh berish haqidagi taklifi koʻplab muhokamalarga sabab boʻlgandi.

 

Shundan soʻng, “Milliy tiklanish”partiyasining boshqa bir deputati Azamat Pardayev holatga munosabat bildirib, Alisher Qodirovning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yigʻilishida aytgan fikrlari kontekstdan yulib olinib, notoʻgʻri talqin qilinganligini aytdi.

 

“Hikmat izlaganga hikmatdir dunyo, deganlaridek, aslida Alisher Qodirov bildirgan fikrlarda jamiyat manfaatlari, kelajak avlodning sifatli taʼlim olish borasidagi huquqlari kafolati, davlat byudjeti mablagʻlaridan oqilona va samarali foydalanish masalalari asosiy mazmun kasb etgan edi.

 

Shu bilan birga, partiyaning Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi oʻqituvchilarning moddiy manfaatdorligini yanada oshirish boʻyicha oʻzining aniq pozitsiyasiga ega”,- degan Azamat Pardayev oʻz munosabatida.

 

Oʻqituvchining darsini videokamerada kuzatish taklifi bir kun avval aytilgan.

 

Oʻqituvchilar oylik maoshi masalasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yigʻilishidan bir kun avval, yaʼni 25-noyabr kuni“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasining yigʻilishida ham tilga olingani maʼlum boʻldi.

 

Mazkur yigʻilishda esa partiya yetakchisi Alisher Qodirov Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari Temur Komilovga oliy toifaning haqiqiy koʻrsatkich berayotganiga ishonasizlarmi,degan savolni bergan va malaka toifasi degan narsani oʻrtadan olib tashlab, pedagoglar darsini videokamerada kuzatib, reyting boʻyicha oylik berish kerak degan taklifni ilgari surgan.

 

“Oʻqituvchilarga pul ajratilganini biz koʻp demayapmiz. Hattoki bundan ham koʻproq bolishiga rozimiz, masala yoʻq! Oʻqituvchi olyaptimi, halol boʻlsin, toʻgʻri boʻlishi kerak. Lekin bu mablagʻni samaradorlik nuqtayi nazaridan koʻrish kerak.

Sizlar toifaga ajratyapsizlar-ku,uchta toifaga: oliy toifa, oʻrta toifa qilib. Oliy toifaning haqiqiy koʻrsatkich berayotganiga oʻzinglar ishonasizlarmi?

Haqiqiy zoʻr oʻqituvchiga toifasiga qaramasdan,toifa degan narsani umuman oʻrtadan olib tashlab, zoʻr oylik beraylik.

 

Raqobatga dosh berolmasdan,oʻquvchini urish, kaltaklash, tepish,masalan, haqorat qilishdan boshqa narsaga arzimaydigan oʻqituvchilar raqobatdan sinib, maktabdan chiqib ketaversin. Hozir oʻshanaqa oʻqituvchilar direktor bilan yaxshi boʻlgani uchun otning kallasidek oylik olyapti..

Lekin oʻsha maktabning oʻzida zoʻr oʻqituvchi kam oylik olyapti, toifa ololmayapti,chunki.

 

Yaxshi oʻqituvchining darsini videokamerada kuzatib, “yaxshi oʻqituvchi ekan” deb, otning kallasidek, reyting boʻyicha oyligini beraveringlar.

Samaradorlik nuqtayi nazaridan Iqtisodiyot va Moliya vazirligi shunga nimaga qaramayapti?”, — degan Alisher Qodirov.

Xalq Ta’limi Info manbasidan

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры