Uzrli sabablarga ko‘ra malaka (test) sinovlarida ishtirok eta olmagan pedagoglar 19-noyabrda attestatsiyadan o‘tkaziladi   

Ma’lumki, joriy yilning 29-oktyabridan boshlab Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalaridagi pedagog kadrlar attestatsiyadan o‘tkazilmoqda.

 

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentyabrdagi 572-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga ko‘ra, agar pedagog malaka sinovlarining biror bosqichida uzrli sabablar bilan (masalan, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizligi, davlat yoki jamoat vazifalarini bajarganligi, musobaqalarda ishtirok etganligi, xorijiy safarda bo‘lganligi, yaqin qarindoshining vafoti yoki boshqa asoslar) ishtirok eta olmagan bo‘lsa, ularning attestatsiyasi boshqa muddatga ko‘chiriladi.

 

Shu munosabat bilan, uzrli sabablarga ko‘ra malaka sinovlarida qatnasha olmagan pedagoglar uchun 19-noyabr kuni qayta attestatsiya o‘tkazilishi belgilandi.

 

Mazkur pedagoglar malaka (test) sinovlarida ishtirok etish uchun vazirlikning hududiy boshqarmalaridagi Ishchi guruhlarga ariza bilan murojaat qilishlari mumkin. Arizalar yuqorida sanab o‘tilgan uzrli sabablar bilan asoslanishi kerak.

 

Malaka (test) sinovlari quyidagi manzillarda o‘tkaziladi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры