CHQBT fanida oʻqotar va pnevmatik qurollari boʻyicha amaliy mashgʻulotlar oʻtiladi

“Oʻq otish sport turlarini yanada rivojlantirish va ommalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (04.11.2024-yil PQ-381-son) qabul qilindi.

 

2025/2026 oʻquv yilidan boshlab Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida “Sport faoliyati: oʻq otish va stenddan oʻq otish” bakalavriat taʼlim yoʻnalishi ochiladi.

 

Shuningdek, oʻq otish sport turlari boʻyicha milliy terma jamoalarning trenerlari, seleksionerlari, hakamlari va boshqa mutaxassislari kasbiy mahoratini oshirib borish maqsadida mahalliy va xorijiy mutaxassislar ishtirokida seminar, trening va mahorat darslari oʻtkazib boriladi.

 

Qarorga koʻra, Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarida bosqichma-bosqich 10 m masofaga oʻq otish sport bazalarini tashkil etiladi hamda ularni zamonaviy sport anjomlari va inventarlari bilan jihozlanadi.

 

2025-yildan boshlab har yili:

 

– harbiylashtirilgan va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari oʻrtasida oʻq otish sport turlari boʻyicha “Mergan” kubogi;

 

–  oʻq otish sport turlari boʻyicha belgilangan yosh toifalari oʻrtasida Oʻzbekiston chempionatlari oʻtkaziladi.

 

Shuningdek, tuman (shahar)lardagi sport maktablarida bosqichma-bosqich oʻq otish sport turlari boʻyicha sport guruhlari tashkil etiladi.

 

2025/2026 oʻquv yilidan boshlab umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida:

 

–  chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani oʻquv dasturlari doirasida “Oʻqotar va pnevmatik sport qurollarining taktik-texnik tavsiflari” amaliy mashgʻulotlari kiritiladi;

 

–  amaliy mashgʻulotlarni tashkil etishda harbiy qism, muassasalar, harbiy poligonlarning oʻquv-moddiy bazasidan foydalaniladi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры