Davlat xizmatchilari uchun majburiy ta’lim va malaka oshirish tizimi yo‘lga qo‘yildi

“Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasida o‘qitishni tashkil etish tartibi haqidagi nizom tasdiqlandi.

 

Mazkur Nizomda aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirishga qaratilgan “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasida (Virtual akademiya) o‘qitish jarayonining tartibi belgilangan.

 

Nizomga ko‘ra, Virtual akademiyada o‘quv faoliyati Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tomonidan tashkil etiladi va boshqariladi.

 

Virtual akademiyada o‘qitish bazaviy (barcha foydalanuvchilar uchun bepul) va maxsus (to‘lov asosida) o‘quv kurslari orqali yo‘lga qo‘yiladi.

 

Bu kurslar masofadan turib, asinxron rejimda elektron ta’lim resurslari yordamida mustaqil o‘rganish asosida olib boriladi.

 

Bazaviy kurslarda tinglovchilar korrupsiya tushunchasi, uning tarixi, oqibatlari va unga qarshi kurashish choralari bilan tanishtiriladi. Shuningdek, kurslarda yangiliklar, muammoli vaziyatlar va ularning yechimlari, savol-javob va turli sinovlar o‘tkaziladi.

 

Maktabgacha, maktab va oliy ta’lim tashkilotlari uchun alohida o‘quv dasturlari Maktabgacha va maktab ta’limi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirliklari bilan hamkorlikda ishlab chiqiladi.

 

Maxsus kurslar esa davlat xizmatchilari uchun majburiy bo‘lib, ular ishga qabul qilinganidan so‘ng uch oy ichida va keyinchalik har uch yilda kamida bir marta malaka oshirishlari talab etiladi.

 

Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimlarida va korrupsiyaviy xavf-xatar yuqori bo‘lgan lavozimlarda ishlovchi xodimlar uchun chuqurlashtirilgan o‘quv dasturlari asosida maxsus kurslar mavjud.

 

Virtual akademiyada o‘quv jarayonining sifati monitoring qilinib boriladi.

 

Davlat organlari va tashkilotlari har chorakning oxirgi oyida ishga qabul qilinganiga uch oy to‘lgan davlat xizmatchilari bo‘yicha taqdim etilgan ma’lumotlar asosida akademiya bilan kelishilgan o‘quv reja-grafigini tasdiqlaydi.

 

Davlat organlari Virtual akademiyaning maxsus kurslarida xodimlarining qatnashishini ta’minlaydi, va muvaffaqiyatli tugatganlarga sertifikatlar beriladi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры