Pedagoglar qanday holatlarda toifa testiga kelmasa muddati koʻchiriladi?

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 17.09.2021-yildagi 572-son qarorining 45-bandiga koʻra, pedagoglar attestatsiyada uzrli sabab bilan kelmasa ularning attestatsiyasi boshqa kunga koʻchiriladi.

 

“Pedagog kadrlar attestatsiyada uzrli sababga (vaqtincha mehnatga qobiliyatsizligi, davlat yoki jamoat vazifalarini bajarganligi, respublika va xalqaro musobaqalarda ishtirok etganligi, vaqtincha xorijiy mamlakatda safarda boʻlganligi, yaqin qarindoshining vafoti, vakolatli davlat organi yoki taʼlim tashkilotlari rahbarlarining maʼlumotnomasida koʻrsatilgan boshqa asoslarga) koʻra kelmagan boʻlsa, ularning attestatsiyasi boshqa muddatga koʻchiriladi”.

 

 

Eslatma: Pedagog kadrlar uzrli sabablarga koʻra attestatsiyaga kelmaganligi tufayli ularning attestatsiyasi boshqa muddatga koʻchirilgan taqdirda, yigʻim takroran undirilmaydi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры