Direktor jamg‘armasidagi ustama qanday holatlarda beriladi

Direktor jamg‘armasidan beriladigan ustama o‘qituvchining umumiy dars soatlari uchun ular dars o‘tadigan fanlar doirasida beriladi.

 

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabrdagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning 20-bandi mazmuniga ko‘ra pedagoglarining bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar ushbu nizomda qayd etilgan baholash mezonlariga asosan 40 foizgacha miqdorda belgilanadi.

 

Mazkur nizomning 33-1-bandida pedagog xodimlarga belgilangan ustamalar ularning tarifikatsiya ro‘yxatida ajratilgan dars soatlariga (o‘qituvchining tarif stavkasiga) mutanosib ravishda to‘lanishi keltirilgan.

 

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 275-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash to‘g‘risida”gi nizomning 21-bandiga muvofiq pedagog xodimlarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan ustamalar, shu jumladan mavjud sertifikatlari uchun to‘lanadigan ustamalar, tarifikatsiya ro‘yxatida ajratilgan dars soatlariga (o‘qituvchining tarif stavkasiga) mutanosib ravishda to‘lab beriladi.

 

Yuqoridagi qoidalarga ko‘ra jami dars soatlar (tarif asosida berilgan) miqdoridan kelib chiqib ustama to‘lanishi shart.

 

Bu masalada tuman adliya bo‘limiga murojaat qilinishi lozim.

SS

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры