Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 22 nafar xodimi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi aniqlandi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan vazirlik va idoralar, davlat muassasalari va tashkilotlar xodimlarining tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish holatlari yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazilgan.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi, Tog‘-kon sanoati va geologiya, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar, Energetika vazirliklari va ularning tizim tashkilotlari o‘rganilganda 160 nafar boshqaruv xodimi 170 ta tadbirkorlik subyektida taʼsischilik asosida faoliyat yuritib kelayotgani aniqlangan.

 

Jumladan:

 

– Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 22 nafar xodimi 23 ta;

 

– Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 72 nafar xodimi 79 ta;

 

– Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 59 nafar xodimi 60 ta;

 

– Energetika vazirligining 7 nafar xodimi 8 ta tadbirkorlik subyektida taʼsischi sifatida ro‘yxatdan o‘tganligi maʼlum bo‘ldi.

 

O‘z navbatida, vazirliklar tomonidan taqdimnomalar tanqidiy muhokama qilingan holda tadbirkorlik subyektlarida taʼsischilik qilayotgan xodimlarga nisbatan ogohlantirish xatlari berilib, qayd etilgan qonunbuzilishi holatlari hozirda bartaraf etilgani haqida agentlik ma’lum qildi.

 

Ma’lumot uchun, davlat fuqarolik xizmatchilariga “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonunlarda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish taqiqlangan.

SS

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры