2024-yil 13-14-oktyabr kunlari Xiva shahri Ichan-Qal’a majmuasida “Musaffo osmon” shiori ostida I Xalqaro havo sharlar festivali bo‘lib o‘tdi.
Festivalda ishtirok etgan germaniyalik uchuvchi ayol Elli Danington Xiva uzra parvoz qilib o‘zining dunyo rekordini yangiladi.
O‘zbekiston Elli Danington parvoz qilgan 118-davlat bo‘ldi.
O‘zbekiston hukumati mamlakatda ayollar uchun yangi imkoniyatlar yaratishni maqsad qilmoqda. Shu munosabat bilan Elli Danington ayol-uchuvchilar uchun maktab ochishni rejalashtirmoqda, bu esa uchishga yo‘l ochadi.