Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida joylashgan 100-sonli umumta’lim maktabida bilimli va iqtidorli o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Direktor stipendiyasi” joriy etildi. Bu haqda Toshkent shahar Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.
Ushbu stipendiya 2024-2025 o‘quv yilida ta’lim olayotgan 1-11-sinf o‘quvchilari uchun amal qiladi.
“Dastlabki stipendiya sohiblari sifatida 2-“A” sinf o‘quvchisi Azizaxon Tojibayeva hamda 9-“B” sinf o‘quvchisi Asaliya Ergasheva tanlab olindi. Maktab ma’muriyati tomonidan ularga sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi. Ushbu tashabbus yoshlarning qobiliyatlarini rivojlantirish va ularni rag‘batlantirishga qaratilgan. E’tiborlisi, iqtidorli va bilimli o’quvchilarga maktab direktori Shuhrat Ro’ziyev o’z maoshi hisobidan har biriga 500 000 so’mdan stipendiya ajratmoqda” – deyilgan xabarda.