Xorijiy diplomlarni tan olish bo’yicha navbatdagi test sinovlari 17-oktyabrda o‘tkaziladi

Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik haqidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari 2024-yil 17-oktyabr kuni o‘tkaziladi.

 

Test sinovida ishtirok etishi belgilangan talabgorlar ro‘yxati, test topshiradigan fanlar va test topshirish hududi bilan shu havolaga o’tib tanishishlari mumkin (my.gov.uz sayti yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali ro‘yxatdan o‘tishda topshirgan ariza raqami orqali).

 

Talabgorlar imtihon o‘tkaziladigan binoga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari lozim.

 

Izoh: Talabgorlar turli sabablarga ko’ra test topshirish hududini yoki test topshirish tilini o’zgartirish uchun https://t.me/NostrifikatsiyaBBA_bot manzili orqali (ariza raqami, ism, familiya va sharifini keltirgan holda) murojaat qilishlari mumkin.

 

Test sinovi o’tkaziladigan hududlar va test sinovlarining boshlanish vaqtlari (2024-yil 17-oktyabr):

 

1. QORAQALPOG’ISTON RESPUBLIKASI:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi axborot texnologiyalari texnikumi.

• Testning boshlanish vaqti: 10:00.
• Manzil: Nukus shahri, To‘rtko‘l guzari ko‘chasi.
• Bino geolokatsiyasi: https://maps.app.goo.gl/vjTC5VjCwbG9wH2Z8

 

2. XORAZM VILOYATI:

Bilim va malakalarni baholash agentligining Xorazm viloyatidagi binosi.

• Testning boshlanish vaqti: 10:30.
• Manzil: Urgаnсh tumani, Yuqоri dо‘rmаn, “Yuqoriovul” MFY, O‘zbekiston shox ko‘chasi, 2/2-uy.
• Mo‘ljal: Urganch tumani 48-maktab yon tomoni.
• Bino geolokatsiyasi: https://maps.app.goo.gl/wygVXzewo4z74zkSA

 

3. BUXORO VILOYATI:

Bilimni baholash agentligining Buxoro viloyatidagi binosi.

• Testning boshlanish vaqti: 14:00.
• Manzil: Buxoro tumani, “Bog‘idasht” MFY.
• Mo‘ljal: Buxoro shahri 7-kichik tuman, 43-maktab orqa tomoni.
• Bino geolokatsiyasi: https://goo.gl/maps/5k8Cnn4yzQNjQ3f4A

 

4. NAVOIY VILOYATI:

Bilim va malakalarni baholash agentligi Navoiy viloyati bo‘limi.

• Testning boshlanish vaqti: 09:00.
• Manzil: Navoiy shahri, Shodlik ko‘chasi 6-uy.
• Mo‘ljal: Navoiy viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi binosi yoida.
• Bino geolokatsiyasi: https://maps.app.goo.gl/YngeHZJ6uAwxtcmW9

 

5. SAMARQAND VILOYATI:

Samarqand davlat tibbiyot universitetining o‘quv binosi.

• Testning boshlanish vaqti: 11:00.
• Manzil: Samarqand shahri Amir Temur ko‘chasi 18-uy.
• Bino geolokatsiyasi: https://maps.app.goo.gl/V99zKbaYJkQY6QEt5

 

6. QASHQADARYO VILOYATI:

Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti “Iqtisodiyot” fakulteti binosi.

• Testning boshlanish vaqti: 09:30.
• Manzil: Qarshi shahri, Mustaqillik shoh ko‘chasi, 226-uy.
• Mo’ljal: Nasaf stadioni yonida.
• Bino geolokatsiyasi: https://maps.app.goo.gl/rnTWX9z1VUuh6Et68

 

7. SURXONDARYO VILOYATI:

Termiz davlat universitetining Axborot texnologiyalari fakulteti (yangi 7 qavatli bino).

• Testning boshlanish vaqti: 1-smena – 09:00, 2-smena – 11:00.
• Manzil: Termiz shahri, Barkamol Avlod ko‘chasi, 43-uy.
• Mo‘ljal: Surxondaryo viloyati Xalq banki ro’parasida.
• Bino geolokatsiyasi: https://maps.app.goo.gl/PKPFHbhE17mVgKZdA

 

8. JIZZAX VILOYATI:

Jizzax politexnika instituti akademik litseyi binosi.

• Testning boshlanish vaqti: 14:00
• Manzili: Jizzax shahri I.Karimov ko’chasi 4″A”-uy
• Mo‘ljal: Jizzax politexnika instituti.
• Bino geolokatsiyasi: https://maps.app.goo.gl/ZH55Cx4YUiiZrkJv9

 

9. SIRDARYO VILOYATI:

Bilim va malakalarni baholash agentligining Sirdaryo viloyatidagi bo’limi.

• Testning boshlanish vaqti: 14:00
• Manzili: Guliston shahri, 4-mavze, “Buyuk kelajak” massivi.
• Mo‘ljal: Yoshlar markazi binosi va Guliston davlat pedagogika instituti yonida.
• Bino geolokatsiyasi: https://maps.app.goo.gl/JusSEMUU3G8g92X78

 

10. ANDIJON VILOYATI:

Bilim va malakalarni baholash agentligi Andijon viloyati bo’limi.

• Testning boshlanish vaqti: 14:30.
• Manzil: Andijon shahar, Qo’shariq (Klara Setkina) dahasi, 5-uy.
• Mo‘ljal: Andijon shahar 4-son kasb-hunar maktabi (sobiq Bank kolleji), Sofiya to’yxonasi ro’parasida.
• Bino geolokatsiyasi: https://goo.gl/maps/x7mFPChvM265CVHo9

 

11. FARG’ONA VILOYATI:

Bilim va malakalarni baholash agentligi Farg’ona viloyati bo’limi.

• Testning boshlanish vaqti: 1-smena 09-00, 2-smena 11-00, 3-smena 14-00.
• Manzil: Fargʻona shahri, Nurafshon koʻchasi, “Mustaqillik shaharchasi”.
• Mo‘ljal: “EKO shahar”
• Bino geolokatsiyasi: https://maps.app.goo.gl/oeFGkbHiZJKjKxMw5

 

12. NAMANGAN VILOYATI:

Bilimni baholash agentligining Namangan viloyatidagi binosi.

• Testning boshlanish vaqti: 14:00.
• Manzil: Davlatobod tumani, Yuksalish mavzesi, “Tadbirkor” MFY, Yoshlik ko‘chasi, 92-uy.
• Mo‘ljal: Yuksalish massividagi 16-qavatli uy yonida.
• Bino geolokatsiyasi: https://goo.gl/maps/SJxs6TxJeLkByh2BA

 

13. TOSHKENT SHAHRI:

Bilimni baholash agentligi (oldingi Davlat test markazi) binosi.

• Testning boshlanish vaqti: 1-smena – 08:30, 2-smena – 11:00
• Manzil: Yunusobod tumani, Bog‘ishamol ko‘chasi, 12-uy.
• Bino geolokatsiyasi: https://maps.app.goo.gl/NH9oiVFNbP3dGf2TA

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры