Pedagog maqomi va imtiyozlari: muhim 7 qoida - Ta’lim xabarlari
Pedagog maqomi va imtiyozlari: muhim 7 qoida

1. Pedagog kim?

Taʼlim tashkilotida mehnat shartnomasi asosida taʼlim va tarbiya sohasida kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi hamda tegishli maʼlumotga, kasbiy tayyorgarlikka va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega boʻlgan jismoniy shaxs pedagogdir.

Oʻzbekistonda pedagogning maqomi tan olinadi. Pedagoglarning oʻz kasbiy faoliyatini yuritishi uchun tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratiladi, ularning ijtimoiy himoyasi taʼminlanadi va huquqlari amalga oshirilishi uchun kafolatlar beriladi.

Pedagogning huquqlari, shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsi davlat himoyasi ostida boʻladi.

 

2. Kimlar pedagog boʻlishi mumkin emas?

Quyidagi shaxslarning pedagogik faoliyat bilan shugʻullanishiga yoʻl qoʻyilmaydi:

–  sud hukmiga muvofiq pedagogik faoliyat bilan shugʻullanish huquqidan mahrum etilganlar;

–  sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilganlar;

–  pedagogik faoliyatni amalga oshirishga toʻsqinlik qiladigan kasalliklari boʻlganlar;

–  psixiatriya yoki narkologiya muassasalarida hisobda turganlar;

–  qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ilgari sudlangan shaxslarni pedagogik faoliyat bilan bogʻliq lavozimlarga qabul qilish man etiladi.

 

3. Pedagoglarga qisqartirilgan ish haftasi qoʻllaniladi

–  1-oktyabr “Oʻqituvchi va murabbiylar kuni” etib belgilangan hamda ushbu kun bayram (dam olish) kuni hisoblanadi;

–  bolalarga taʼlim-tarbiya beradigan barcha pedagoglar doimiy ravishda ish beruvchi hisobidan tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi;

–  pedagoglar uchun 56 kunlik yillik haq toʻlanadigan uzaytirilgan taʼtillar beriladi hamda ish vaqtining davomiyligi haftasiga koʻpi bilan 36 soat qilib belgilanadi.

 

4. Maktab pedagoglariga har oylik qoʻshimcha ustama beriladi

–  maktab oʻqituvchilari uchun direktor jamgʻarmasi hisobidan 40 foizgacha qoʻshimcha ustama toʻlanadi, bu haqida batafsil bu yerda tanishish mumkin.

–  maktab xodimlari 1-oktyabr bayram munosabati bilan MHTEKMning 50 foizigacha mukofotlanishi mumkin.

 

5. Pedagoglarga davlat mukofotlari beriladi

Kasbiy faoliyatda yuqori natijalarga erishganligi uchun pedagoglar davlat mukofotlariga, xususan, “Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi”, “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi” va “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan xalq taʼlimi xodimi” faxriy unvonlari hamda boshqa davlat mukofotlari bilan taqdirlanishi mumkin.

 

6. Pedagoglar faoliyatiga aralashish javobgarlikka sabab boʻladi

Taʼlim tashkiloti pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga taʼlim oluvchilarning bilimini toʻgʻri va xolis baholashiga taʼsir koʻrsatish bilan ifodalangan tarzda qonunga xilof ravishda aralashish yoki taʼlim tashkiloti pedagog xodimining xizmat vazifalarini bajarishiga toʻsqinlik qilish fuqarolarga BHMning 7 baravaridan 10 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa 10 baravaridan 15 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

 

7. Pedagog oʻz kasbiy faoliyatini amalga oshirishdagi huquqlari:

 

–  oʻquv, ilmiy va uslubiy yoʻnalishlardagi davlat axborot-resurs hamda axborot-kutubxona markazlarining xizmatlaridan bepul foydalanish;

 

–  qonunchilik hujjatlariga muvofiq ijodiy taʼtil olish;

 

–  pedagogik faoliyati davomida oʻziga biriktirilgan sinfdagi (guruhdagi, kursdagi) taʼlim oluvchilarning bilimini mustaqil baholash;

 

–  taʼlim oluvchilar va ularning ota-onalari (qonuniy vakillari) tomonidan pedagogning kasbiga hurmat bilan munosabatda boʻlishni talab qilish.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры