Navbatdan tashqari attestatsiyada bir vaqtda 2 ta fandan imtihon topshirish mumkin. Masalan, matematika va fizika fanlaridan imtihon topshirib, toifa olish imkoni bor.
Buning uchun telefon raqamingizga yuborilgan login va parol orqali shaxsiy kabinetingizga kirib, “Yangi murojaat yuborish” tugmasini bosish orqali ikkinchi fandan ham murojaat yuborishingiz mumkin. Amalni tugatgandan so’ng “Saqlash” tugmasini bosish talab etiladi.