CHQBT fani o‘qituvchilariga ham toifasi uchun haq to‘lab beriladimi? - Ta’lim xabarlari
CHQBT fani o‘qituvchilariga ham toifasi uchun haq to‘lab beriladimi?

Vazirlar Mahkamasining “Ta’lim muassasalarida chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori bilan CHQBT o‘qituvchilariga zaxiradagi harbiy unvon va malaka toifasi berish tizimi joriy etilgan.

 

Unga ko‘ra 2024-yil 15-yanvardan chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchilariga ta’lim tashkilotlarining boshqa fan o‘qituvchilari uchun belgilangan tartibda malaka toifasi berish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan. Bunda attestatsiya xulosasiga ko‘ra, malaka toifasi berilgan CHQBT fani o‘qituvchisining lavozim maoshi umumta’lim muassasasida mos keluvchi malaka toifasiga ega bo‘lgan fan o‘qituvchilarining maoshiga tenglashtirilishi lozim.

 

Malaka toifasiga ega bo‘lgan CHQBT fani o‘qituvchisiga quyidagicha haq to‘lanishi lozim:

 

Mutaxassis 3 mln 390 ming 824 so‘m;

 

Ikkinchi toifali – 3 mln 796 ming 213 so‘m;

 

Birinchi toifali – 4 mln 230 ming 138 so‘m;

 

Oliy toifali 4 mln 674 ming 594 so‘m.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры