Super-kontrakt asosida oʻqishni ko‘chirish uchun arizani qanday beriladi?

Xorijiy va nodavlat taʼlim muassasalaridan davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishini koʻchirish boʻyicha imtihonlarda yetarli ball toʻplay olmagan talabgorlar super-kontraktga quyidagi ketma-ketliklarni amalga oshirib ariza topshirishi mumkin.

 

Tushuntirish:

1. kontrakt.edu.uz sayti orqali roʻyxatdan oʻtiladi. Bu yerda talabaning maʼlumotlari chiqadi.

 

2. Tizimga kirgach “Toʻlov kontrakt” boʻlimiga kiriladi.

 

3. Toʻlov kontrakt boʻlimidan “Ariza yuborish” boʻlimini tanlanadi.

 

4. Ariza yuborish boʻlimidan “Oʻqishni koʻchirish (xorijdan, nodavlatdan)” boʻlimini tanlanadi.

 

5. Shundan keyin talaba topshirgan OTM, yoʻnalish va toʻplagan balli koʻrinadi.

 

6. Ariza yuborishda talabgordan ikki yoki uch tomonlama shartnoma turi soʻraladi. Bunda:

 

– ikki tomonlama shartnoma – siz va universitet rektori oʻrtasida tuziladi;

 

– uch tomonlama shartnoma – talaba, bank, universiteti rektori oʻrtasida tuziladi. Yaʼni taʼlim krediti olinsa uch tomonlama shartnoma tuziladi. Ammo super-kontraktga taʼlim krediti berilmaydi.

 

7. Soʻngra shartnoma stipendiyali yoki stipendiyasiz tuzilishi soʻraladi. Shundan soʻng super-kontrakt miqdori kelib chiqadi. Barchasi bilan tanishib ariza yuboriladi va talabgorning arizasi qabul qilinishi kutiladi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры