Qonunchilikka koʻra, malakali oʻqituvchilar yetarli boʻlgan quyidagi hollarda sinfdagi oʻquvchilarni ikki guruhga boʻlib oʻqitishga ruxsat etiladi:
– oʻquvchilar soni 25 nafar va undan ziyod boʻlgan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining I — XI sinflarida “Chet tili” fani;
– ayrim fanlarga ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida ixtisoslashgan fanlar;
– V — XI sinflarda “Informatika va axborot texnologiyalari”;
– VIII — XI sinflarda “Jismoniy tarbiya”;
– V — IX sinflarda “Texnologiya”;
– X-XI sinflarda “Chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik” fanlari;
– taʼlim tili oʻzbek tili boʻlmagan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining II — XI sinflarida “Oʻzbek tili” fani;
– taʼlim tili rus tili boʻlmagan umumtaʼlim muassasalarining II — XI sinflarida “Rus tili” fani.