Pedagog-xodimlar uchun namunaviy etika qoidalari tasdiqlandi - Ta’lim xabarlari
Pedagog-xodimlar uchun namunaviy etika qoidalari tasdiqlandi

Maktabgacha ta’lim tashkiloti hamda umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan pedagog-xodimlar uchun namunaviy etika qoidalari tasdiqlandi.

 

Mazkur qoidalar Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tasarrufidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida tatbiq etiladi, nodavlat va boshqa turdagi oʻquv muassasalari uchun tavsiyaviy xususiyatga ega. Shuningdek, ularga rioya qilish taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari uchun taʼlim muassasalari hududi doirasida majburiy hisoblanadi.

 

 

Taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari taʼlim muassasalarida quyidagi etika qoidalariga amal qilishlari lozim:

 

–  Pedagog-xodimlarning shaʼni va qadr-qimmatini hurmat qilishlari;

 

–  oʻzaro munosabatlarda yagona jamoa sifatida hurmat, doʻstlik, hamjihatlik, halollik va adolat tamoyillariga rioya etishlari;

 

–  turli xil zoʻravonlik va kamsituvchi xatti-harakatlarga yoʻl qoʻymaslik;

 

–  pedagog-xodimlar tasdiqlangan mashgʻulotlar jadvali asosida ishga va darsga oʻz vaqtida kelishlari;

 

–  pedagog-xodimlar ish vaqtida kasb madaniyati hamda ta’lim muassasalarining Ustavi bilan tasdiqlangan talablarga koʻra kiyinishlari;

 

–  kiyimlarning oʻta tor yoki oʻta keng bichimda boʻlmasligi; kiyimlarning toza va dazmollangan boʻlishi.

 

 

Taʼlim muassasalari Ustavida pedagog-xodimlarning mehnat faoliyati davomida kiyinish madaniyatiga boʻlgan talablar aks ettirilmagan boʻlsa, quyidagilar talab etiladi:

 

–  erkaklar mavsumga qarab — klassik uslubdagi shim, kostyum-shim (imkon qadar qora, toʻq koʻk rangdagi), koʻylak (oq, havorang va shu kabi),boʻyinbogʻ, poyabzal (qora rangda boʻlishi tavsiya etiladi) kiyishi;

 

–  ayollar mavsumga qarab – klassik uslubdagi yubka, kostyum-yubka (imkon qadar qora, toʻq koʻk rangdagi), havo haroratiga qarab klassik uslubdagi shim (imkon qadar qora, toʻq koʻk rangdagi), tanani ochiq koʻrsatib turmaydigan yupqa (harir) boʻlmagan kofta (oq, havorang va shu kabi), koʻylak, past poshnali yoki poshnasiz poyabzal (qora rangda boʻlishi) kiyishi;

 

–  turli din va konfessiyalar hamda turli submadaniyatlarga mansubligini aks ettiruvchi kiyimlarda boʻlmasligi;

 

–  umumeʼtirof etilgan milliy-anʼanalarga va maʼnaviy-axloqiy tarbiyaga zid keladigan yoki sport kiyimlarida boʻlmasligi lozim.

 

 

Shuningdek, taʼlimtarbiya jarayoni ishtirokchilarining tashqi koʻrinishi boʻyicha quyidagi talablar belgilanadi:

 

 

–  tanasining ochiq qismi tatuirovka tushirilmagan yoki pirsing qilinmagan boʻlishi, sochi tartibga keltirilgan va yorqin (gʻayrioddiy) ranglarga boʻyalmagan boʻlishi;

 

–  erkaklarning soqoli olingan boʻlishi;

 

–  ayollar quloq va barmoqlardan tashqari tananing turli qismlariga zirak yoki metall buyumlar taqib yurmasligi;

 

–  oʻz faoliyatida manfaatlar toʻqnashuviga sabab boʻladigan holatlarga yoʻl qoʻymasliklari;

 

–  pedagog-xodimlar huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirishga qaratilgan Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni va qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlari bilan tanishib borishi, ularga ogʻishmasdan amal qilishi, mavjud barcha standartlar, bayonlar, tavsiyalardan xabardor boʻlishlari lozim.

 

 

Pedagog-xodimlarga qoʻyiladigan talablar:

 

–  ta’limiy-tarbiyaviy faoliyat va darslarni oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli olib borishi;

 

–  mavzudan tashqari mavzularga chalgʻimaslik;

 

–  tarbiyalanuvchi va oʻquvchilar shaxsini hurmat qilish;

 

–  taʼlim muassasalarida yuzaga keladigan har qanday muammoni qonun, oshkoralik va demokratik asosda hal qilish;

 

–  mahalla, jamoat joylarida oʻzini yuksak pedagoglik maqomiga munosib tutish;

 

–  doimiy ravishda oʻz-oʻzini shaxsiy va kasbiy rivojlantirib borish;

 

–  oʻz yoʻnalishi boʻyicha tarbiyalanuvchi va oʻquvchilarga Davlat taʼlim standartlari darajasida bilim, koʻnikma va kompetensiyalarni shakllantirish;

 

–  ta’limiy-tarbiyaviy faoliyat va darsdan tashqari tadbirlar davomida tarbiyalanuvchi va oʻquvchilarni maʼnaviy-axloqiy tarbiyalashda faol ishtirok etish;

 

 

–  “Ustoz-shogird” anʼanasiga sodiq boʻlish;

 

–  oʻzi yashaydigan mahallada maʼnaviy-axloqiy tarbiya, “Mahalla pedagogikasi” muhitini yaratish, mahalla yoshlarini tarbiyalashda kasbiy fidoyilik, tashabbuslar koʻtarib, “mahalla yettiligi”ga koʻmaklashish;

 

–  tarbiyalanuvchi va oʻquvchilarga nisbatan jismoniy kuch ishlatish yoki ruhiy tazyiq oʻtkazish holatlariga yoʻl qoʻymaslik;

 

–  ntarbiyalanuvchi va oʻquvchilarning shaxsiga doir maʼlumotlarni guruhdoshlari va sinfdoshlari oldida muhokama qilmaslik;

 

–  ntarbiyalanuvchi va oʻquvchilarni ommaviy izza qilmaslik;

 

–  tarbiyalanuvchi va oʻquvchining ota-onasi yoki ularning qonuniy vakillari bilan shaxsiy adovatning oldini olish;

 

–  taʼlim muassasasi toʻgʻrisidagi axborotlardan uning manfaatlari va obroʻsiga ziyon yetkazish uchun yoki oʻz manfaatlari yoʻlida foydalanmaslik;

 

–  tarbiyalanuvchi va oʻquvchilarga shaxsan maʼnaviy-axloqiy namuna koʻrsatish, ular bilan doʻstona munosabatda boʻlish;

 

–  taʼlim muassasasi manfaatlariga zid boʻlgan har qanday xulqdan tiyilish va bunday holatlarning oldini olish;

 

–  biror-bir noxush voqea yoki hodisa roʻy bersa, zudlik bilan taʼlim muassasasi rahbariyatini xabardor qilish;

 

–  yoshlar orasida milliy qadriyatlar, sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish, ularni zararli odatlardan va boshqa turli halokatli tahdidlar hamda jamiyatimiz uchun yot boʻlgan diniy ekstremizm, radikalizm taʼsirlaridan, “ommaviy madaniyat” xurujlaridan ogoh etib borish;

 

–  oʻquvchilarni darsdan chiqarib yuborish, darsga kiritmaslik kabi holatlarga yoʻl qoʻymaslik;

 

–  ta’limiy-tarbiyaviy faoliyat davomida tarbiyalanuvchilarga qoʻpol munosabatda boʻlmaslik;

 

–  taʼlim-tarbiya mashgʻulotlarida diniy tashviqot olib bormaslik;

 

–  taʼlim muassasasiga spirtli ichimliklar isteʼmol qilgan holda kelmaslik;

 

–  taʼlim muassasasining hududi va binosida spirtli ichimliklar hamda tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilmaslik;

 

–  taʼlim muassasasi hududi va binosida tarbiyalanuvchi va oʻquvchilarning taʼlim-tarbiyasiga aloqasi boʻlmagan tadbirlarni tashkil etmaslik lozim.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры