Kontraktni 4 qismga bo‘lib to‘lash tartibi qanday? Bunday bo‘lib to‘lash imkoniyati “super” kontraktda o‘qimoqchi bo‘lganlarga ham tegishlimi? - Ta’lim xabarlari
Kontraktni 4 qismga bo‘lib to‘lash tartibi qanday? Bunday bo‘lib to‘lash imkoniyati “super” kontraktda o‘qimoqchi bo‘lganlarga ham tegishlimi?

Kontrakt to‘lovlarini amalga oshirishga oid savollarga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bo‘lim boshlig‘i Qurbonnazar Ortiqov batafsil javob berdi.

 

Kontraktni 4 qismga bo‘lib to‘lash imkoni bormi?

 

OTM talabalariga o‘qish uchun yillik to‘lovning to‘liq miqdorini teng ulushlarda to‘rt qismga bo‘lish yo‘li bilan o‘tkazishga ruxsat berilgan.

 

Bunda muddatlar quyidagicha:

 

25% qismini — 1-kursga tavsiya etilganlar 15-sentyabrgacha, ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalari uchun 1-oktyabrgacha;

 

50% qismini — 2025-yil 1-yanvargacha;

 

75% qismini — 2025-yil 1-martgacha;

 

100% qismini — 2025-yil 1-maygacha.

 

Eslatma! To’lov muddatlarini uzaytirish ham mumkin. Bunda 1-kursga kirganlarning dastlabki muddatini uzaytirish vakolati Davlat qabul komissiyasiga berilgan, qolgan hollarda OTM rektori muddat uzaytirishni o’zi hal qiladi.

 

kontrakt.edu.uz sayti orqali yuborgan arizangiz tasdiqlansa, 4 ga bo‘lib to‘lash imkoni va muddatlari haqida maʼlumot chiqadi. Bunda, mazkur tartib moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy taʼlim muassasalari uchun tavsiyaviy xarakterga ega.

 

Eslatma: super-kontraktda o‘qiydigan talabalar ham kontraktni bo‘lib to‘lashlari mumkin. Lekin super-kontraktda o’qimoqchi bo’lganlar dastlab 50% to’lovni amalga oshirishlari kerak. Shundan keyingina ularni talabalikka qabul qilish to’g’risida buyruq chiqadi. 25% qoidasi faqat oddiy kontraktga taalluqli.

 

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры