Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-yanvardagi 25-sonli “Xalq taʼlimi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida”gi qaror nizomiga koʻra , ixtisoslashtirilgan taʼlim tashkilotlariga ishdan ajralgan holda malaka oshirishga yuborilgan tinglovchilarning oʻqishi davrida asosiy ish joyi boʻyicha lavozimi va oʻrtacha ish haqi saqlanib qoladi, ularning oʻquv yuklamalari esa boshqa pedagog xodimlar oʻrtasida taqsimlanadi.