Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi “Sifatli taʼlimni taʼminlashda ijobiy natijalar koʻrsatayotgan umumiy oʻrta taʼlim maktablari rahbariyati hamda oʻqituvchilariga ustama berish tartibini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 263-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida 2024-yil sentyabr oyidan boshlab bir kalendar yili davomida ustama toʻlanadigan maktablar roʻyxati tasdiqlandi.
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2024-yil 30-avgustdagi 286-son buyrugʻi asosida “Oʻqitish va bilimni baholashning yangi tartibini samarali joriy etgan, oʻquvchilari ijobiy koʻrsatkichlarni qayd etayotgan umumiy oʻrta taʼlim maktablari rahbariyati hamda oʻqituvchilariga oʻquv yili davomida mazkur buyruqda belgilangan miqdorda ustamalar toʻlanadi”.
Mazkur maktablar pedagoglar jamoasini ushbu yutuqlari bilan muborakbod etamiz.