Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Janubiy Koreyaning KOICA tashkiloti bilan hamkorlikda Toshkent shahrida maktabgacha ta’lim tizimi pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi hamda innovatsion maktabgacha ta’lim tashkilotini qurish loyihasiga start berildi.
Maktabgacha va maktab ta`limi vaziri Hilola Umarova hamda Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA)ning Prezidenti Chang Von Sam tomonidan ushbu loyihaga tamal toshi qo‘yildi.
Umumiy qiymati 11 million AQSh dollari bo’lgan mazkur loyiha doirasida 500 o’rinli maktabgacha ta’lim fashkiloti, yiliga 4000 nafer pedagog malakasini oshirishga moʻljallangan markaz faoliyat hoshlashi reja qilinmoqda
Ushbu muassasa 5 ta kompetensiyani – intellektual, ma’naviy, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirishga yo‘naltirilgan ilg‘or o‘yin texnologiyalari bilan jihozlanadi.
Mazkur loyiha ishga tushishi natijasida:
Erta yoshda ta’lim olish imkoniyatlarini yaxshilash;
Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv dasturlari bo‘yicha tayyorlangan pedagoglar sonini ko‘paytirish;
Maktabgacha ta’lim sifatini oshirish kabi ko‘rsatkichlarda sezilarli natijalarga erishish kutilmoqda.