O‘qituvchilarni ovoz yig‘ishga majburlagan maktab direktori 34 mln so‘m jarimaga tortildi - Ta’lim xabarlari
O‘qituvchilarni ovoz yig‘ishga majburlagan maktab direktori 34 mln so‘m jarimaga tortildi

Buxoro viloyati Romitan tumanidagi 18-maktab direktori o‘qituvchilarni “Tashabbusli budjet”dagi loyiha uchun majburan ovoz yig‘ishga jalb qilgani tasdiqlandi. Bu haqda Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo‘yicha milliy komissiya ma’lum qildi.

 

Direktorga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasi 2-qismiga asosan BHMning 100 barobari (34 mln so‘m) miqdorida ma’muriy jarima qo‘llangan.

 

Ma’lum bo‘lishicha, Romitandagi 18-maktab o‘qituvchilari uyma-uy yurib, maktab texnik bazasini yaxshilash uchun ovoz yig‘ishga majburlangan.

 

Yakunda bu loyiha 1654 ta ovoz olgan va g‘oliblar qatoriga kirmagan. G‘olib bo‘lish uchun maktabga 28 ta ovoz yetmagan.

 

Ma’lumot uchun, “Tashabbusli budjet”da qo‘l ostidagi xodimlarini ovoz to‘plashga majburlash – majburiy mehnatga jalb qilish sifatida tasniflanadi.

 

Mehnat kodeksining 5-moddasiga asosan, majburiy mehnat taqiqlangan.

 

MJtKning 51-moddasiga muvofiq, majburiy mehnatga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslar 50–100 BHM jarimaga tortiladi. Xuddi shu harakat takroran yoki voyaga yetmagan shaxsga nisbatan sodir etilsa, Jinoyat kodeksining 148-2-moddasiga ko‘ra jinoiy javobgarlik belgilangan.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры