Fan o‘qituvchilari tomonidan to‘garak mashg‘ulotlarini olib borish majburiymi? - Ta’lim xabarlari
Fan o‘qituvchilari tomonidan to‘garak mashg‘ulotlarini olib borish majburiymi?

Fan to‘garaklari o‘qituvchining pedagogik yuklamasi tarkibida bo‘lganligi bois o‘tilgan to‘garak mashg‘ulotlari uchun ham oylik maosh hisoblanadi.

 

Chunki pedagog xodimning ish yuklamasini hisoblab chiqarishda o‘quv-tarbiya jarayoni va o‘quv-tarbiya jarayonining metodik ta’minoti va tashkiliy-pedagogik jarayoni hisobga olinadi.

 

O‘quv-tarbiya jarayoni pedagog xodimlarga tarifikatsiya bo‘yicha ajratilgan dars soatlarini o‘tish kirsa, o‘quv-tarbiya jarayonining metodik ta’minoti va tashkiliy- pedagogik jarayoniga esa fanlarni o‘zlashtirishda qiynalayotgan va iqtidorli o‘quvchilar bilan alohida mashg‘ulotlar olib borish nazarda tutiladi.

 

Shuningdek, Xalq ta’limi vazirligining 2021-yil 1-iyuldagi 206-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan fan o‘qituvchilarining lavozim majburiyatlarida ham pedagog xodimlar o‘quvchilarning qobiliyat va iste’dodlarini rivojlantirishni nazarda tutgan holda, fanlarni o‘zlashtirishda qiynalayotgan va iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash maqsadida o‘z fani bo‘yicha to‘garak mashg‘ulotlarini tashkil etish lozimligi qayd etilgan.

 

Shuningdek, “Xalq ta’limi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflari”da ham o‘qituvchilar fan to‘garaklarida ishlashi lozimligi qayd etilgan.

 

Demak, fan o‘qituvchilari tomonidan to‘garak mashg‘ulotlarini o‘tish majburiy hisoblanadi. Bunda o‘qituvchi fanlarni o‘zlashtirishda qiynalayotgan va iqtidorli o‘quvchilar bilan qo‘shimcha mashg‘ulotlar olib borishi kerak.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры