Oʻqituvchilar qancha vaqt ish joyida boʻlishi kerak? Yoki 8:00 dan 17:00 gacha maktabda boʻlish majburiymi?

Maktablarda ish vaqtiga oid qoidalar maktabning ichki mehnat tartib qoidalarida belgilanadi. Chunki Mehnat kodeksining 174-moddasiga asosan korxonada mehnat tartibi ish beruvchi kasaba uyushmasi qoʻmitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib tasdiqlaydigan ichki mehnat tartibi qoidalari bilan belgilanadi.

 

 

Shuningdek, bunda oʻqituvchining ish vaqti uning ish yuklamasidan kelib chiqib aniqlanadi. 1 stakva miqdorda (yuqori sinflarda 20, boshlangʻich sinflarda 18 soat) ishlaydigan oʻqituvchi Mehnat kodeksining 118-moddasiga koʻra haftasiga 36 soat (yuqori sinf oʻqituvchisi bir kunda 6 soat, boshlangʻich sinf oʻqituvchi 7.2 soat) ishlashi kerak.

 

 

Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining pedagogik mutaxassisliklari boʻyicha namunaviy yillik ish rejasini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnomaga (roʻyxat raqami 3058) 4-bandiga asosan umumiy oʻrta taʼlim muassasasi pedagog xodimining yillik ish yuklamasi quyidagicha hisoblab chiqiladi:

 

1-4-sinflar uchun belgilangan bir stavka miqdoridagi ish yuklamasi haftalik hajmini 1 koeffitsiyentga koʻpaytirish orqali, yaʼni:

 

18×1=18+18=36×4,3(hafta)=154

8×43 (hafta)=1548 soat;

 

5-11-sinflar uchun belgilangan bir stavka miqdoridagi ish yuklamasi haftalik hajmini 0,8 koeffitsiyentga koʻpaytirish orqali, yaʼni:

 

20×0,8=16+20=36×4,3(hafta)=154

8×43 (hafta)=1548 soat.

 

Taʼkidlash kerakki, yuqoridagi meyor faqat toʻliq stavkada ishlaydigan xodimlar uchun taalluqli. Agar oʻqituvchi 10 soat dars bersa, unda hech kim unga kun boʻyi maktabda boʻlishi kerakligini haqida talab qoʻya olmaydi.

 

Oʻqituvchi necha soat dars bersa, uning kunlik ish vaqti dars va pedagogik yuklamasi meyoridan kelib chiqib belgilanadi. Misol uchun 10 soat dars beradigan yuqori sinf oʻqituvchisi haftasi 18 soat (dars va pedagogik yuklamani qoʻshgan holda) ishlashi kifoya. Yoki 30 soat darsi bor oʻqituvchi haftasiga 54 soat ishlashi lozim.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры