Endi fizika va kimyo fani o‘qituvchilariga kabinet mudirligi uchun har oy qo’shimcha haq to’lanadi - Ta’lim xabarlari
Endi fizika va kimyo fani o‘qituvchilariga kabinet mudirligi uchun har oy qo’shimcha haq to’lanadi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining buyrug‘i (30.08.2024 №288) bilan umumiy oʻrta taʼlim sohasida bir-birini takrorlovchi samarasiz xarajatlarni maqbullashtirish hamda Davlat byudjeti hisobidan ajratilayotgan mablagʻlardan samarali va oqilona foydalanishni taʼminlash maqsadida Xalq taʼlimi vazirining 2019-yil 28-dekabrdagi 40b-son buyrugʻi bilan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi umumtaʼlim muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

 

Maktablardagi laborant lavozimi tugatilib, fizika va kimyo fani o‘qituvchilaridan bir nafariga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 50 foiz miqdorida (525 ming so‘m) kabinet mudirligi uchun har oy qo’shimcha haq to’lanadi.

 

 

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры