"Dekret”ga chiqmay, o‘rniga pullik kompensatsiya olish mumkinmi? - Ta’lim xabarlari
“Dekret”ga chiqmay, o‘rniga pullik kompensatsiya olish mumkinmi?

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 151-moddasiga ko‘ra, ijtimoiy ta’tillardan asl holicha foydalaniladi.

 

Mehnat kodeksining 149-moddasiga ko‘ra, ijtimoiy ta’tillarga quyidagilar kiradi:

 

– Homiladorlik va tug‘ruq ta’tillari;

 

– Bola parvarishlash ta’tili;

 

– Ijodiy ta’tillar.

 

Ushbu ta’tillarni pullik kompensatsiyaga almashtirib bo‘lmaydi. Ya’ni ta’tilga chiqmasdan turib kompensatsiya pulini olib bo‘lmaydi.

 

Eslatib o‘tamiz, Mehnat kodeksining 233-moddasiga ko‘ra, ayollarga homiladorlikning 30-haftasidan boshlab tug‘ruqqa qadar 70 kalendar kun va tug‘ruqdan so‘ng 56 kalendar kun homiladorlik tug‘ruq ta’tili beriladi va kompensatsiya to‘lanadi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры