Yangi O‘zbekistonni barpo etishda asosiy e’tibor 5 ta ustuvor yo‘nalishga qaratiladi – Prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev yangi O‘zbekistonni barpo etishda asosiy e’tibor quyidagi yo‘nalishlarga qaratilishini ta’kidladi.

 

– Sifatli ta’lim tizimini yo‘lga qo‘yish;

 

– Biznesni rivojlantirish;

 

– Korrupsiyadan xoli, adolatli sud tizimini yaratish;

 

– Sog‘liqni saqlash sohasini tubdan yaxshilash;

 

– Ekologik barqarorlikni ta’minlash.

 

“Bundan tashqari muammolarimizning yechimi, savollarimizning javobi faqat va faqat ta’limda. Hamma eshiklarni ochadigan kalit ham – faqat va faqat ta’lim va tarbiyadir. Shu sababli maktab ta’limini isloh qilish bo‘yicha katta dastur qabul qildik.

 

Maktablarimizda avvalo ona tili va adabiyotni chuqur o‘rgatishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Farzandlarimizga chet tillaridan sifatli ta’lim berish maqsadida xorijiy til egalarini olib kelmoqdamiz.

 

Maktab o‘quvchilari jahondagi ilg‘or tajribalar asosida tayyorlangan zamonaviy darsliklar bilan ta’minlanmoqda”,– dedi Prezident.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры