“Osiyo Xalqaro Universiteti” Respublikamizda o‘zining yuqori darajadagi ta’lim sifati bilan nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari orasida yetakchi o‘rinda turadi. Oliygohning birinchi maqsadi innovatsion ta’lim asosida jamiyatning madaniy iqtisodiy rivojlanishi uchun yuqori bilimga ega,professional kadrlar tayyorlashdir.
Osiyo Xalqaro Universiteti Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlangan litsenziyaga ega bo‘lib,O‘zbekistondagi rasmiy OTMlar qatoriga kirdi. Diplomi davlat oliy ta’lim muassasalari kabi O‘zbekistonda 100 foiz tan olinadi.
Osiyo Xalqaro Universitetida bakalavr bosqichi bo‘yicha 20ta, magistratura bo‘yicha 8 ta, ordinaturada 25ta, doktoranturada 5ta yo‘nalish mavjud bo‘lib, o‘quv jarayonlari bevosita amaliy darslar bilan bog‘langan holda olib boriladi.
Bakalavriat yo‘nalishlari:
– Pedagogika
– Psixologiya
– Boshlang‘ich ta’lim
– Maktabgacha ta’lim
– Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili)
-Filologiya va tillarni o‘qitish(rus tili)
-Filologiya va tillarni o‘qitish(o‘zbek tili)
– Tarix
– Jismoniy madaniyat
– Iqtisodiyot
– Moliya va moliyaviy texnologiyalar
– Davolash ishi
– Stomatologiya
– Farmatsiya
– Axborot tizimlari va texnologiyalar
– Konchilik ishi
– Texnologik mashinalar va jihozlar (temir yo‘l transporti)
– Texnologik mashinalar va jihozlar (kimyo sanoati)
– Energetika muhandisligi
– Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi
Magistratura mutaxassisliklari:
– Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim)
– Psixologiya
– Pedagogika
– Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
– Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari
– Ta’limda axborot texnologiyalari
– Morfologiya
– Xorijiy til va adabiyoti(ingliz tili)
Oliygoh hozirgi kunda o‘zining zamon talabiga to‘laqonli javob beradigan 5ta kampusiga,15 000dan ziyod tahsil olib kelayotgan talabalari va 350dan ortiq malakali professorlar jamoasi ega bo‘lgan holda, unda tahsil olayotgan talabalarning har tomonlama rivojlanishi uchun lozim bo‘lgan barcha shart – sharoitlar mujassam.
O‘quv kampuslarining har birida turli elektron resurslarga boy axborot bazasi va minglab kitoblarni o‘z ichiga olgan kutubxonalari, laboratoriyalar, sifatli ta’limni talabaga mukammal yetkazish uchun zamonaviy o‘quv auditoriyalari shular qatoriga kiradi.
Universitetda o‘z ish faoliyatini samarali olib borayotgan professor o‘qituvchilar, ijtimoiy faol talabalar uchun doimiy rag‘batlantirishlar va bu bilan cheklanmasdan bilimli talabalar uchun rektor stipendiyalari ham mavjud.
Universitetda talabalarga yaratilgan sharoitlar qatorida chet elda amaliyot o‘tash jarayonlari ham kiradi.
Talabalarni ilmga yo‘naltirish, ularni har tomonlama qo‘llab quvvatlash maqsadida rivojlangan davlatlardagi yetakchi universitetlar bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan.
Batafsil ma’lumotlar uchun:
55 305-00-09
Universitet rasmiy sayti:
www.oxu.uz
Telegram kanal:
t.me/oxu_uz
Litsenziya raqami:
№364928
Manzil: Buxoro shahri, G’ijduvon ko’chasi, 74-uy.