O‘zbekistondagi davlat oliygohlarining biridan ikkinchisiga o‘qishini 2 ta uzrli sabablarga ko‘ra ko‘chirayotgan talabgorlarga tegishli Vazirlik (idora) tomonidan natijalar e’lon qilinmoqda.
Shaxsiy kabinetda arizangiz statusi “Natijalar eʼlon qilinishi kutilmoqda” deyilsa, 1-2 kundan soʻng sizning arizangiz “Tavsiya etildi” yoki “Tavsiya etilmadi” statusiga oʻzgaradi!
Eslatib o‘tamiz, tavsiya etilgan talabgorlar o‘qishini ko‘chirgan OTMga borib olishi shart emas. Sababi, tegishli Vazirlik (idora) tomonidan tavsiya etilganlarning ro‘yxati OTMlarga jo‘natilishi va shu asosida OTM aloqa xatlarini tayyorlashi kerak bo‘ladi.