"Maktablar hududi noqonuniy sotib yuborilgan"– vazir - Ta’lim xabarlari
“Maktablar hududi noqonuniy sotib yuborilgan”– vazir

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova matbuot anjumanida 2019-2022 yillarda maktab va maktabdan tashqari 279 ta tashkilot hududi 470 ta holatda noqonuniy sotib yuborilganligini ma’lum qildi.

 

“Bugungi kunda, 256 ta holat boʻyicha Fuqarolik va maʼmuriy sudlarga davo arizalari kiritilib, 189 ta sud qarorlari tizim foydasiga qanoatlantirildi.
58 ta obyekt maktablar balansiga toʻliq qaytarilgan.
Birgina misol, Qo‘qon shahridagi 27-maktabni olaylik. Maktab binosini ikkita tashkilot noqonuniy ravishda egallab olgan. Vazirlikning pozitsiyasi aniq, biz maktablarni to‘liq qaytarib olishni xohlaymiz. Hozirda bu borada harakatlar olib borilyapti”,– deydi vazir

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры