O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (15.08.2022-yil 447-son) asosida davlat OTMlarining magistratura bosqichida o‘qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt-to‘lovlari qaytarish shartisiz Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Talabgorlar o‘quv yili uchun to‘lov-kontraktning to‘liq summasini O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan qoplab berish yuzasidan o‘zlari ta’lim oladigan oliy ta’lim muassasasining rektori (filial direktori) nomiga o‘quv yilining 15-sentabriga qadar ariza bilan murojaat etadi. Arizalar uch kun ichida ko‘rib chiqilib, ro‘yxat shakllantiriladi.
Qanday holatatlarda kontrakt to‘lab berilmaydi?
Quyidagi holatlarda magistraturada tahsil olayotgan xotin-qizlarning kontrakti davlat tomonidan to‘lab berilmaydi:
– talabgor oliy ta’lim muassasasining rektori (filial direktori) nomiga arizani o‘quv yilining 15-sentabrdan keyin taqdim etsa;
– tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan bo‘lsa;