Ovoz yig‘ishga majburlash bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichni maktablar tashkil qilmoqda

Ovoz berish bosqichi davomida fuqarolar tomonidan bugungi kunga qadar “1282” ishonch raqamiga ovoz yig‘ishga majburlash holatlari bo‘yicha jami 39 ta shikoyat kelib tushgan. Endilikda “Ochiq byudjet”da majburlash orqali ovoz yigʻilgan loyihalar roʻyxatdan chiqariladi.

 

 

Bunda, eng ko‘p murojaat kelib tushgan hududlar:

 

– Farg‘ona viloyatida — 7 ta;

– Toshkent shahrida — 6 ta;

– Namangan va Jizzax viloyatlarida-5 tadan.

 

Sohalar kesimida:

 

– umumta’lim maktablari bo‘yicha — 19 ta;

– tibbiyot tashkilotlari bo‘yicha — 16 tani tashkil etgan.

 

 

Shunigdek, Jizzax shaxar 17-maktabning bir guruh oʼqituvchilari tomonidan kelib tushgan shikoyatda, yangi ishga kirmoqchi bo‘lgan nomzodlarga ham birinchi o‘rinda ovoz yig‘ib kelganidan so‘ng, hujjatlarini topshirishi mumkinligi haqida buyruq berilgan.

 

Shu qatorda, dekretga chiqib ketgan ustozlarni ham ishga kelganida ovoz yigʼib kelishi, keyin esa ish masalasini ko‘rib chiqishi haqida ma’lumot berilgan.

 

Eslatib o‘tamiz, kelib tushgan barcha murojaatlar ko‘rib chiqish uchun tegishli tuman (shahar) Xalq deputatlari Kengashlariga yuboriladi hamda holat o‘z tasdig‘ini topsa, mazkur loyihalar ovoz berish bosqichidan chetlatiladi yoki g‘oliblar ro‘yxatidan chiqarilishi mumkin.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры