2024-yil 1-sentyabrdan ayrim viloyatlarda ogʻir atletika sport turiga ixtisoslashtirilgan kompleks bolalar va oʻsmirlar sport maktablari ochiladi - Ta’lim xabarlari
2024-yil 1-sentyabrdan ayrim viloyatlarda ogʻir atletika sport turiga ixtisoslashtirilgan kompleks bolalar va oʻsmirlar sport maktablari ochiladi

“Ogʻir atletika sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Qarori (PQ-137-son, 20.03.20224-y.) qabul qilindi. Qarorga koʻra, 2024-yil 1-sentabrdan Respublika ixtisoslashtirilgan kompleks bolalar va oʻsmirlar sport maktabining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Namangan, Toshkent va Samarqand viloyati hududiy maktablari ochiladi va ushbu maktablarda ogʻir atletika sport turini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratiladi.

 

 

Bundan tashqari joriy yildan boshlab har yili quyidagilar o‘tkaziladi:

➖ogʻir atletika va parapauerlifting boʻyicha Markaziy Osiyo ochiq chempionati;

➖ogʻir atletika va parapauerlifting boʻyicha “Uzbekistan Open” Oʻzbekiston ochiq chempionati;

➖ogʻir atletika boʻyicha Xalqaro ogʻir atletika federatsiyasining tasdiqlangan norma va qoidalarida belgilangan yosh toifalari boʻyicha uch bosqichli (tuman/shahar, viloyat va respublika) chempionatlar va kuboklar;

➖ogʻir atletika va parapauerlifting boʻyicha davlat sport-taʼlim muassasalari oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati musobaqasi.

 

Shuningdek, Sport vazirligi huzurida oʻz faoliyatini 2025/2026 oʻquv yilidan boshlovchi Ogʻir atletika markazi (Markaz) tashkil etiladi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры