Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev o‘zining telegramdagi sahifasida magistratura natijalari bugun e’lon qilinishi kutilayotganligi haqida xabar qildi.
“Magistratura natijalari to‘liq tayyor holga keltirilgan. Bugun e’lon qilinishi kutilmoqda.
Izoh: 2 kun oldin texnik xatolik sabab saytda ayrim natijalar ko‘rinib qolgan. Ammo ushbu natijalar asliga to‘g‘ri emas va haqiqiy hisoblanmaydi. Bugun chiqadigan yakuniy natija 2 kun oldin saytda ko‘ringandan boshqacha bo‘lishi mumkin”, – deydi Xushnudbek