Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli qaroriga asosan , oliy taʼlim tizimida 2024-2025 oʻquv yilidan boshlab “Registrator ofisi” faoliyati yoʻlga qoʻyildi.
Qayd etilishicha, registrator ofisining funksional vazifalariga oʻquv boʻlimi, dekanatlar, buxgalteriya, marketing va amaliyot boʻlimi, ilmiy boʻlim, xalqaro aloqalar boʻlimlarining vazifalari oʻtkazilmoqda.
Registrator ofisida quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
– talabalarning shaxsiy hujjatlarini arxivgacha saqlash;
– registrator ma’lumotlar bazasini shakllantirish va muntazam yangilash;
– transkriptni yuritish va unga talabalarning baholarini kiritish;
– bitiruvchilarning diplomlarini rasmiylashtirish va taqdim etish;
– talabalar kontingenti bo‘yicha statistika yuritish;
Shuningdek, “Registrator ofisi” ni malakali (xorijiy oliy taʼlim tashkilotini tamomlagan yoki xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarida tajriba oʻtagan shaxslarga ustuvorlik beriladi ) xodimlar bilan toʻldirish koʻzda tutilgan.
Oliy taʼlimni rivojlantirish markazi bilan hamkorlikda “Registrator ofisi” xodimlari uchun seminar-treninglar hamda iqtisodiy oʻqishlar tashkil qilish belgilandi.
Ma’lumot o‘rnida, 1-bosqichga tavsiya qilingan talabalarning hujjatlari ham mazkur registrator ofisida qabul qilinadi.