Ertaga kollej va texnikumlar uchun yoʻnalish tanlashning oxirgi kuni - Ta’lim xabarlari
Ertaga kollej va texnikumlar uchun yoʻnalish tanlashning oxirgi kuni

Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 2024-yil 18-avgustdan 27-avgustga qadar 10 kun davomida my.uzbmb.uz saytida kollej yoki texnikum, kasb va mutaxassislik hamda ta’lim shaklini tanlashlari lozim.

 

Joriy yilda texnikum yoki kollejlarga alohida ro‘yxatdan o‘tib, imtihon topshirilmaydi. Abituriyentlar faqatgina yoʻnalish tanlashi talab etiladi.

 

Abituriyentlar tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z tanlovlarini o‘zgartirishlari mumkin.

 

Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari (mandat) tanlov jarayoni to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.

 

Oldinroq, texnikumlarning muvaffaqiyatli bitiruvchilari 2-bosqichdan oliy ta’limga qabul qilinishi haqida xabar bergandik.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры