Talabalar kontarkti davlat hisobidan to‘lab beriladi

Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq , “Temir daftar”ga kiritilgan oilalar farzandlari hamda “Yoshlar daftariga” kiritilgan yoshlar Oʻzbekistondagi har qanday, shu jumladan davlat, xususiy, xorijiy OTMlarda, texnikum, kollejlarda oʻqiyotgan boʻlsa, kontrakt boʻyicha imtiyozdan foydalanishi mumkin.

 

Kontrakt “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi hisobidan toʻlab beriladi. Jamgʻarma tuman (shahar)larda hokim boshchiligidagi Vasiylik kengashi tomonidan boshqariladi. Kengashning ishchi organi esa tuman (shahar) yoshlar ishlari boʻlimi hisoblanadi.

 

Shu sababli ariza yoshlar ishlari boʻlimiga beriladi. Arizaga OTM bergan kontrakt nusxasi ilova qilinishi kerak. Ariza berishning aniq muddati yoʻq, istalgan vaqtda berish mumkin.

 

Ariza qancha vaqtda koʻrib chiqiladi?

 

Ariza berishdan avval, mahalladagi yoshlar yetakchisi bilan maslahatlashing va uni xabardor qilganingiz maʼqul.

 

Sababi Siz ariza berganingizdan soʻng 3 ish kunida arizangiz siz yashayotgan mahalladagi yoshlar yetakchisiga koʻrib chiqish uchun yuboradi.

 

Yoshlar yetakchisi 5 ish kunida kontraktni qoplash haqidagi tavsiyanoma yoki rad etish toʻgʻrisidagi xabarnoma yuboradi. Tavsiyanoma berish rad etilsa, u asoslantirilgan boʻlishi shart.

 

Yoshlar yetakchisi arizani 5 ish kunida koʻrib chiqmasa yoki tavsiyanoma berishni asossiz rad etsa, Vasiylik kengashi oʻz tashabbusi bilan kontrakt pulini oʻtkazib berishi mumkin.

 

Vasiylik kengashi kontraktni qoplash haqida qaror qabul qilingandan soʻng 3 ish kunida uni OTM hisob raqamiga oʻtkazib beradi. Ariza 11 ish kunida koʻrib chiqilishi kerak.

 

Arizani koʻrib chiqish natijasidan yoki qaysidur mansabdor, yoshlar yetakchisining harakatidan norozi boʻlsangiz hech ikkilanmay sudga, prokuratura, adliya organlariga murojaat qilishingiz mumkin.

 

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры