O‘zbekiston Milliy universitetida yangi o‘quv yilining boshlanish sanalari ma’lum qilindi. Talabalar kursi va ta’lim shakliga qarab turli sanalarda o‘qishga chiqadi.
O‘zbekiston Milliy universitetida 2026/2027-o‘quv yili bakalavriat va magistraturaning ta’lim shakli hamda kursiga qarab turli sanalarda boshlanadi. Kunduzgi ta’limdagi 1-kurs talabalari uchun darslar 7-sentyabrdan, yuqori kurslar uchun esa 10 va 12-sentyabrdan boshlanadi.
Oliygohda bakalavriat va magistraturaning tegishli ta’lim shakllari uchun 2026/2027-o‘quv yili quyidagi sanalardan boshlanadi:
Bakalavriat (kunduzgi):
- 1-kurslar uchun — 7-sentyabr;
- 2-kurslar uchun — 10-sentyabr;
- 3- va 4-kurslar uchun — 12-sentyabr kunidan boshlanadi.
Bakalavriat (kechki):
- 1-kurslar uchun — 7-sentyabr;
- 2-kurslar uchun — 10-sentyabr;
- 3-, 4- va 5-kurslar uchun — 12-sentyabr kunidan boshlanadi.
Bakalavriat (masofaviy):
- 1-kurslar — 7-12-sentyabr kunlari LMS platformasida ro‘yxatdan o‘tish va dastlabki tanishtiruv haftasi uchun tashrif buyuradi;
- Barcha kurslar uchun — 14 sentyabrdan onlayn mashg‘ulotlar boshlanadi.
Bakalavriat (sirtqi):
- 5-kurslar uchun — 3-sentyabrdan dars mashg‘ulotlari boshlanadi;
- 4-kurslar uchun — 2-oktyabrdan dars mashg‘ulotlari boshlanadi;
- 3-kurslar uchun — 2-noyabrdan dars mashg‘ulotlari boshlanadi.
Magistratura (kunduzgi):
- 1-kurslar uchun — 7-sentyabr;
- 2-kurslar uchun — 10-sentyabr;
Magistratura (kechki):
- 1-kurslar uchun — 7-sentyabr;
- 2-kurslar uchun — 14-sentyabrdan dars mashg‘ulotlari boshlanadi;
Magistratura (masofaviy):
- 1-kurslar — 7-12-sentyabr kunlari LMS platformasida ro‘yxatdan o‘tish va dastlabki tanishtiruv haftasi uchun tashrif buyuradi;
- 1, 2-kurslar uchun — 14-sentyabrdan onlayn mashg‘ulotlar boshlanadi.
Ma’lumot uchun: 1-kursga qabul qilingan bakalavriat kunduzgi ta’lim shakli talabalari 3-sentyabrdan boshlab talabalar turar joyiga joylashish bilan bog‘liq masalalarini hal qilish uchun universitetga tashrif buyurishlari mumkin.
14-sentyabrdan boshlanadigan o‘quv jarayonlarida har bir fakultet va ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha shakllantiriladigan dars jadvallari bo‘yicha mashg‘ulotlarning boshlanish vaqtlarini talabalar Hemis axborot tizimidagi shaxsiy kabinetlaridan OneID orqali bilib olishlari mumkin bo‘ladi.
Avvalroq, O‘zbekiston Milliy universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun kontrakt va super-kontrakt miqdorlari tasdiqlangani haqida xabar berilgandi.
