Moliyaviy mustaqillik berilgan 40 ta davlat oliygohlari ro‘yxati

Moliyaviy mustaqillik berilgan 40 ta davlat oliygohlari ro‘yxati
Moliyaviy mustaqillik berilgan 40 ta davlat oliygohlari ro‘yxati

Prezident qarori bilan moliyaviy mustaqillik berilayotgan davlat oliy ta’lim muassasalari ro‘yxati tasdiqlangan. Mazkur OTMlar moliyaviy mablag‘lardan foydalanish, xarajatlarni rejalashtirish va universitet faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qator masalalarda mustaqil qaror qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

 

Prezidentning “Davlat oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan moliyaviy mustaqillik berilayotgan davlat oliy ta’lim muassasalari ro‘yxati tasdiqlangan.

 

Moliyaviy mustaqillik universitetga ayrim moliyaviy masalalarni yuqoridan belgilangan tartibni kutmasdan, o‘z imkoniyatlari va ehtiyojlaridan kelib chiqib hal qilish vakolatini beradi.

 

Jumladan, OTMlarning mablag‘lardan foydalanish, xarajatlarni rejalashtirish va universitet faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qaror qabul qilish imkoniyatlari kengayadi.

 

Bu talabalarga qanday foyda beradi?

 

Moliyaviy mustaqil OTMlarda:

 

  • ta’lim sharoitlari va infratuzilmani yaxshilash uchun mablag‘ yo‘naltirish imkoniyati kengayishi;
  • laboratoriya, kutubxona va boshqa ta’lim infratuzilmalarini rivojlantirish;
  • professor-o‘qituvchilarni moddiy rag‘batlantirish mexanizmlarini qo‘llash;
  • yangi ta’lim dasturlari va zamonaviy texnologiyalarni tezroq joriy etish;
  • talabalar uchun yangi imkoniyatlarni yaratish;
  • OTMning o‘z rivojlanish strategiyasini mustaqilroq shakllantirishi mumkin.

 

Shu bilan birga, moliyaviy mustaqillik kontrakt narxi albatta oshadi degani emas. Biroq OTMga berilgan qo‘shimcha vakolatlar kontrakt miqdori, ayrim xizmatlar yoki boshqa to‘lovlarga ta’sir qilishi mumkin. Bunday masalalar har bir OTMning alohida qarorlariga bog‘liq.

 

Quyida moliyaviy mustaqillik berilgan 40 ta OTMlar ro‘yxati:

 

  1. Samarqand davlat chet tillar instituti
  2. Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
  3. Toshkent davlat yuridik universiteti
  4. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
  5. Toshkent moliya instituti
  6. Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti
  7. Toshkent farmatsevtika instituti
  8. Toshkent davlat transport universiteti
  9. Urganch davlat universiteti
  10. O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
  11. Andijon mashinasozlik instituti
  12. Toshkent kimyo-texnologiya instituti
  13. Samarqand davlat universiteti
  14. O‘zbekiston Milliy universiteti
  15. Toshkent davlat texnika universiteti
  16. Toshkent tibbiyot akademiyasi
  17. Qoraqalpoq davlat universiteti
  18. Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti
  19. Buxoro davlat universiteti
  20. Buxoro davlat tibbiyot instituti
  21. Samarqand davlat tibbiyot universiteti
  22. Qarshi davlat universiteti
  23. Termiz davlat universiteti
  24. Toshkent davlat agrar universiteti
  25. Guliston davlat universiteti
  26. O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti
  27. Namangan davlat universiteti
  28. Farg‘ona davlat universiteti
  29. Geologiya fanlari universiteti
  30. Andijon davlat universiteti
  31. Andijon davlat tibbiyot instituti
  32. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
  33. Toshkent pediatriya tibbiyot instituti
  34. Toshkent davlat stomatologiya instituti
  35. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
  36. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti
  37. “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti
  38. Toshkent arxitektura-qurilish universiteti
  39. Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti
  40. Soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal instituti