Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi yangi o‘quv yili uchun “Kelajak soati” dasturini ishlab chiqdi. Dastur asosida tayyorlangan o‘quv materiallari “milliytarbiya.uzedu.uz” platformasiga joylashtirildi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan 2026–2027-o‘quv yili uchun “Kelajak soati” dasturi ishlab chiqildi.
Mazkur dastur asosida har bir yosh guruhi uchun alohida dars ishlanmalari, ssenariylar, vizual va interaktiv materiallar tayyorlangan.
Bunda mashgʻulotlarni tashkil etish boʻyicha maktabgacha taʼlim yoshidagi 3–6 yoshli tarbiyalanuvchilar hamda maktablarning 1–4, 5–8 va 9–11-sinf oʻquvchilari uchun alohida yosh guruhlari kesimida oʻquv dasturlari ishlab chiqilgan.
Ushbu materiallar “milliytarbiya.uzedu.uz” platformasiga joylashtirilgan. Pedagoglar mashg‘ulotlarni tashkil etishda ulardan foydalanishlari mumkin.
