Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi 11-maktab direktori qo‘shni ayol bilan qo‘lga tushganligi aks etgan video tarqaldi.
Xabarlarda ma’lum qilinishicha, maktab direktori shu mahallada yashovchi, eri chet elda ishlab yurgan ayol bilan ishqiy munosabatda bo‘lib kelgan.
Mazkur holat yuzasidan Denov tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi munosabat bildirdi.
Unga ko‘ra, videoda aks etgan holat esa joriy yilning 17-avgust kuni sodir bo‘lgan.
“Maktab direktori deb aytilayotgan shaxs bilan tuzilgan mehnat shartnomasi joriy yilning 13-avgust kuni, ya’ni ushbu video tarqalishidan 4 kun oldin O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 157-moddasiga asosan bekor qilingan”, – deyiladi munosabatda.