Prezidentning farmoniga ko‘ra, 2024-yil 1-oktabrdan boshlab budjet tashkilotlarida ishlovchi tibbiyot xodimlari, shuningdek, maktabgacha, umumta’lim, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari va tashkilotlari, “Muruvvat” internat uylari, bolalar va mehribonlik uylari, bolalar sanatoriyalarida ishlovchi pedagog xodimlarning ish haqi miqdori – 15 foizga oshirilishi belgilangan edi. Oshirilgan maoshlar boʻyicha hisoblanganda, umumtaʼlim maktabi pedagog va boshqa xodimlari quyidagicha maosh olishadi:
Maktab direktori:
4 mln 696 ming 805 soʻm (400 oʻquvchigacha);
5 mln 015 ming 054 soʻm (401-880 oʻquvchigacha);
5 mln 317 ming 901 soʻm (881-1600 oʻquvchigacha);
5 mln 625 ming 394 soʻm (1600dan ortiq);
Direktor oʻrinbosarlari: (MMIBDOʻ, OʻTIBDOʻ)
4 mln 386 ming 677 soʻm (400 oʻquvchigacha);
4 mln 696 ming 805 soʻm (401-880 oʻquvchigacha);
5 mln 015 ming 054 soʻm (881 -1600 oʻquvchigacha);
5 mln 317 ming 901 soʻm (1600dan ortiq);
Direktorning xoʻjalik ishlari boʻyicha oʻrinbosari:
1 mln 779 ming 871 soʻm (400 oʻquvchigacha);
2 mln 030 ming 275 soʻm (401-880 oʻquvchigacha);
2 mln 111 ming 025 soʻm (881 -1600 oʻquvchigacha);
2 mln 286 ming 447 soʻm (1600dan ortiq);
CHHQBT rahbari:
Mutaxassis – 3 mln 390 ming 824 soʻm;
Ikkinchi toifali – 3 mln 796 ming 213 soʻm;
Birinchi toifali – 4 mln 230 ming 138 soʻm;
Oliy toifali – 4 mln 674 ming 594 soʻm;
Psixologlar:
Oliy maʼlumotli psixolog – 3 mln 051 ming 742 soʻm;
Ikkinchi toifali psixolog – 3 mln 268 ming 047 soʻm;
Birinchi toifali psixolog – 3 mln 489 ming 865 soʻm;
Oliy toifali psixolog – 3 mln 702 ming 280 soʻm;
Oʻqituvchilar:
Oʻrta maxsus maʼlumotli oʻqituvchi – 3 mln 169 ming 623 soʻm;
Oliy maʼlumotli oʻqituvchi – 3 mln 390 ming 824 soʻm;
Ikkinchi toifali oʻqituvchi – 3 mln 796 ming 213 soʻm;
Birinchi toifali oʻqituvchi – 4 mln 230 ming 138 soʻm;
Oliy toifali oʻqituvchi – 4 mln 674 ming 594 soʻm;
Maktab laboranti:
1 mln 604 ming 647 soʻm;
Kadrlar boʻyicha menejer:
1 mln 598 ming 520 soʻm;
Kutubxona mudiri:
Oʻrta maxsus maʼlumotli – 2 mln 135 ming 861 soʻm;
Oliy maʼlumotli – 2 mln 330 ming 402 soʻm;
Kutubxonachi:
Oʻrta maxsus maʼlumotli – 1 mln 852 ming 107 soʻm;
Oliy maʼlumotli – 1 mln 949 ming 589 soʻm.