Yakuniy mandat natijalari ertaga chiqadi — manba

Yakuniy mandat natijalari ertaga chiqadi — manba

Yakuniy mandat natijalari ertaga — 15-avgust kuni eʼlon qilinishi reja qilingan. Bu haqda Talimxabarlari.uz sayti manbasi, shuningdek, bir qancha ishonchli internet nashrlari xabar berdi.

 

Talimxabarlari.uz sayti manbasining xabar berishicha, yakuniy mandat natijalari deyarli tayyor va 15-avgust kuni eʼlon qilinishi rejalashtirilgan.

 

Shuningdek, Toshkentda oʻtayotgan xalqaro anjuman doirasida oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov jurnalistlarga bergan intervyusida “ertaga, Xudo xohlasa mandat eʼlon qilinadi” deb aytib oʻtgan.

 

 

Ammo, Bilim va malakalarni baholash agentligi matbuot kotibi Talimxabarlari.uz sayti jurnalistlarining yakuniy mandat qachon chiqishi haqidagi soʻrovlarini javobsiz qoldirdi.

 

Eslatma! Qonunchilikka koʻra, yakuniy mandat natijalari qabulning ikkinchi bosqichi yakunlangandan keyin bir hafta ichida eʼlon qilinishi kerak. Shundan kelib chiqadiki, tanlov bosqichi 8-avgust kuni yakunlangan va mandat 15-avgustgacha yoki shu kuni eʼlon qilinishi kerak.

 

Mandat natijasi haqida oldindan buyurtma bersa ham bo‘ladi

 

Quyidagi Telegram-botlarda ‘‘Eslatish’’ xizmatini ishga tushirish orqali mandat natijasi e’lon qilinishi bilan undan xabardor bo‘lishingiz mumkin. Botlar sizga natijalar e’lon qilingani haqidagi SMS-xabarni tezkorlik bilan yuboradi. Maxsus botlar ro‘yxati bu yerda:

@e_uzbmb_mandatbot
@e_uzbmb_mandat1bot
@e_uzbmb_mandat3bot

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish