Jizzaxda bog‘cha bolalari ovqatdan zaharlangani aytilmoqda - Ta’lim xabarlari
Jizzaxda bog‘cha bolalari ovqatdan zaharlangani aytilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyati Paxtakor tumanidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar ovqatdan zaharlangani aytilmoqda.

 

Holat viloyat prokuraturasi tomonidan o‘rganilgan. Aniqlanishicha, 2-avgust kuni bog‘chada tarbiyalanayotgan I.F. (4 yoshli qiz) va S.T. (5 yoshli qiz)ning tana harorati ko‘tarilgan.

 

Bolalar ota-onasi tomonidan shifoxonaga olib borilganda, ovqatdan zaharlanish tashxisi bilan yuqumli kasalliklar bo‘limiga yotqizilgan.

 

Shuningdek, shu kunning o‘zida ushbu bog‘chada tarbiyalanayotgan qolgan 14 nafar bola ham yuqumli kasalliklar bo‘limida shifokorlarning kuzatuviga olinib, zarur muolajalar qilingan. Ularda sog‘ligidan shikoyat aniqlanmagani tufayli uylariga javob berilgan.

 

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры