Kontraktning qancha qismi qoplab beriladi? - Ta’lim xabarlari
Kontraktning qancha qismi qoplab beriladi?

Kontraktning 50 foizigacha qismi, biroq BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda qoplab beriladi.

 

Masalan, talaba A ning kontrakt summasi 40 mln soʻm, uning kontrakti yarmi 20 mln soʻm boʻladi, lekin unga 20 mln soʻm emas BHMning 50 baravarigacha qismi qoplab beriladi, yaʼni 16 mln 500 ming soʻmgacha.

 

Talaba B ning kontrakti 20 mln soʻm, uning kontrakti yarmi 10 mln soʻm va uning kontrakti BHMning 50 baravaridan oshmaganligi uchun mana shu 10 mln soʻm toʻliq qoplab beriladi.

 

Xususiy universitetda oʻqiyotganlarga ham imtiyoz beriladimi?

 

Ha, “Temir daftar”ga kiritilgan oilalar farzandlari hamda “Yoshlar daftariga” kiritilgan yoshlar Oʻzbekistondagi har qanday, shu jumladan davlat, xususiy, xorijiy OTMlarda, texnikum, kollejlarda oʻqiyotgan boʻlsa, kontrakt boʻyicha imtiyozdan foydalanishi mumkin.

 

Bundan tashqari, mazkur imtiyoz faqat bakalavr emas, magistratura bosqichida oʻqiyotganlarga ham beriladi. Bunda bakalavriatning kunduzgi, sirtqi va kechki shakli, magistraturaning faqat kunduzgi yoʻnalishi boʻlishi kerak.

 

“Super kontrakt” ham toʻlab beriladimi?

 

Yoʻq, “super” kontraktda yoki ikkinchi mutaxassislikda oʻqiyotganlarga ushbu imtiyoz qoʻllanilmaydi.

 

Kimga murojaat qilish kerak?

 

Kontrakt “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi hisobidan toʻlab beriladi. Jamgʻarma tuman (shahar)larda hokim boshchiligidagi Vasiylik kengashi tomonidan boshqariladi. Kengashning ishchi organi esa tuman (shahar) yoshlar ishlari boʻlimi hisoblanadi.

 

Shu sababli ariza yoshlar ishlari boʻlimiga beriladi.
Arizaga OTM bergan kontrakt nusxasi ilova qilinishi kerak.
Ariza berishning aniq muddati yoʻq, istalgan vaqtda berish mumkin.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры