Akademik litseylarga kirish test sinovlari o‘tkaziladigan sanalar belgilandi

Akademik litseylarga kirish test sinovlari o‘tkaziladigan sanalar belgilandi

2026/2027-o‘quv yili uchun harbiy-akademik litseylar, IIV akademik litseylari hamda davlat OTMlari huzuridagi akademik litseylarga kirish test sinovlari 24–25-iyul kunlari bo‘lib o‘tadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Test sinovlari kuniga ikki smenada tashkil etiladi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma’lum qilishicha, 2026/2027-o‘quv yili uchun Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati hamda Milliy gvardiya tasarrufidagi «Temurbeklar maktabi» harbiy-akademik litseylari, Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy-akademik litsey, “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyi, Ichki ishlar vazirligining akademik litseylari va davlat oliy ta’lim muassasalari huzuridagi akademik litseylarga kirish test sinovlari 24 va 25-iyul kunlari o‘tkaziladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Test sinovlari har kuni 2 smenada tashkil etiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ 1-smena soat 09:00 da, 2-smena esa 15:00 da boshlanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Abituriyentlardan test sinovi boshlanishidan kamida 1,5 soat oldin belgilangan hududga yetib kelish so‘ralmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Test sinovlarida ishtirok etish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi” my.edu.uz platformasi orqali taqdim etilmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Abituriyentlarga ruxsatnomani yuklab olib, chop etib qo‘yishlari kerak.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Har bir abituriyent ruxsatnomada ko‘rsatilgan manzil, sana va smenaga qat’iy amal qilishi lozim.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Boshqa hudud, kun yoki smenada test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat berilmaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Shuningdek, abituriyentlar test sinoviga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (ID-karta yoki tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma) hamda abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari kerak.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Eslatma: shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠