Davlat oliygohlarida yana 11 ta yangi ta’lim yo‘nalishi ochiladi (ro‘yxat)

Davlat oliygohlarida yana 11 ta yangi ta’lim yo‘nalishi ochiladi (ro‘yxat)

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2026/2027-o‘quv yilida davlat oliy ta’lim tashkilotlarida yangi tashkil etilgan ta’lim yo‘nalishlari roʻyxati hamda ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) fanlari majmuasi tasdiqlandi.

 

Ta’lim yo‘nalishlari:

 

  1. Xorijiy til va adabiyoti: xitoy tili;
  2. Filologiya va tillarni o‘qitish: pushtu tili;
  3. Tarjima nazariyasi va amaliyoti: hind tili;
  4. Tarjima nazariyasi va amaliyoti: urdu tili;
  5. Davlat auditi;
  6. Islomiy moliya;
  7. Islom iqtisodiyoti va moliyasi;
  8. Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik;
  9. Raqamli huquq;
  10. Sun’iy intellekt va kiberxavfsizlik;
  11. Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish.

 

Mazkur ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qaysi davlat oliy ta’lim tashkilotlariga qabul amalga oshirilishi, ularga ajratilgan qabul kvotalari orqali bilib olishingiz mumkin.

 

Eslatib o‘tamiz, test sinovlari yakunlangach, abituriyentlar o‘zlari topshirgan fanlar majmuasiga mos ta’lim yo‘nalishlarini tanlaydilar.

 

Avvalroq, qabul jarayonlarining eng muhim mezonlaridan biri hisoblangan minimal o‘tish ballari qachon va qanday tartibda belgilanadi, mavzusida maqola e’lon qilingan edi. 

 

Unga ko‘ra, 2024/2025-o‘quv yili uchun minimal o‘tish balli 2024-yil, 28-iyul kuni tasdiqlangan. 2025/2026-o‘quv yili uchun esa 2025-yilning 25-iyul sanasida minimal o‘tish ballari e’lon qilingan.