Akademik litseylarga hujjat topshirgan abituriyentlar test sinovida ishtirok etish ruxsatnomasini onlayn yoki bevosita akademik litseydan olishlari mumkin. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
Akademik litseylarga hujjat topshirgan abituriyentlar quyidagi tartibda test sinovlariga kirish ruxsatnomasini olishi mumkin:
- my.edu.uz hamda my.gov.uz platformalarida shaxsiy kabinetga login va parol bilan kirgan holda yuklab olishi;
- bevosita hujjat topshirgan akademik litseydan borib olishi mumkin.
Eslatma: Abituriyentlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga ruxsatnomada belgilangan vaqtdan kamida 1.5 (bir yarim) soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (tugʻilganlik toʻgʻrisida guvohnoma yoki pasport) va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.
Test sinovi o‘tkaziladigan hudud abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan bo‘ladi.
Fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari
Barcha test topshiruvchilar uchun topshiriqlar soni jami 60 ta bo‘lib, shundan 20 tasi o‘quvchining intellektual qobiliyat darajasi (IQ)ni aniqlash hamda ta’lim yo‘nalishlariga mos ikkita fan bo‘yicha jami 40 ta test savollari tushadi.
To‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball — 146:
1-fan — 3.1*20=62;
2-fan — 3.1*20=62;
IQ — 1.1*20 =22.
IQ aniqlash bo‘yicha adabiyotlar ro‘yxati
Prezidentning PQ-4910-son qaroriga muvofiq, akademik litseylarga kirish imtihonlarida test topshiriladigan fanlar majmuasida ta’lim yo‘nalishlariga mos ikkita fandan tashqari o‘quvchining intellektual qobiliyat darajasi (IQ)ni aniqlash bo‘yicha test topshiriqlari ham mavjud.
Quyida IQ ni aniqlash bo‘yicha test uchun tayyorlanishi lozim bо‘lgan adabiyotlar rо‘yxati bilan tanishing:
– Дружинин В.Н. Психология общих способностей. 3-е изд. – СПб.: Питер, 2007.
– Айзенк Г. Новые IQ тесты. – М.: Изд-во Эксмо, 2003.
– Айзенк Г. Классические IQ тесты. Перевод с англ. К.Савельева. Москва: Изд-во Эксмо, 2011.
– Мухордова О.Е., Шрейбер Т.В. Прогрессивные матрицы Равена: методические рекомендации. – Ижевск: Изд-во «Удмуртский университет», 2011.
– Симон Мартин. IQ: развитие интеллекта и подготовка к тестам: Пер. с нем. – СПб.: БХВ-Петербург, 2010.
