Bugun, 14-iyul kuni oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarining ilk kuni bo‘lib o‘tdi. Birinchi kun test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar natijalarini 15-iyul kuni bilishi mumkin.
Xabaringiz bor, bugun, 14-iyuldan 2026/2027-o‘quv yili uchun davlat oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari boshlandi.
Amaldagi tartibga ko‘ra, test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini test topshirgan kundan keyingi kuni bilishlari mumkin.
Shu tariqa, bugun, 14-iyul kuni test topshirgan abituriyentlarning natijalari 15-iyul kuni e’lon qilinadi.
Natijalarni qayerdan ko‘rish mumkin?
Abituriyentlar o‘z natijalarini Bilim va malakalarni baholash agentligining my.uzbmb.uz platformasidagi shaxsiy kabinet orqali tekshirishlari mumkin.
Shuningdek, natijalarni quyidagi Telegram botlari orqali ham tezkor bilish mumkin.
Buning uchun abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan ID raqamini botlardan biriga yuborish kifoya:
Bunda abituriyentlar faqat test sinovida to‘plagan ballari bilan tanishadi. O‘qishga kirgan yoki kirmaganligi haqidagi yakuniy natija esa test sinovlari va tanlov bosqichi yakunlangach e’lon qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, 2026/2027-o‘quv yili uchun kirish test sinovlari 23-iyulga qadar davom etadi.
