Issiq harorat sababli maktablardagi sogʻlomlashtirish maydonchalari va bogʻchalardagi tadbirlar toʻxtatildi

Issiq harorat sababli maktablardagi sogʻlomlashtirish maydonchalari va bogʻchalardagi tadbirlar toʻxtatildi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining joriy yil 13-iyuldagi 04-39-2385-sonli xatiga asosan maktablarda tashkil etilgan sogʻlomlashtirish maydonchalari faoliyati, shuningdek, maktabgacha taʼlim tashkilotlarida oʻtkaziladigan tadbirlarni hamda maktablardagi “Dolzarb 90 kun” tadbirlari doirasida rejalashtirilgan turli loyihalarni amalga oshirish joriy yilning 1-avgustiga qadar vaqtinchalik toʻxtatildi.

Issiq harorat sababli maktablardagi sogʻlomlashtirish maydonchalari va bogʻchalardagi tadbirlar toʻxtatildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Bolalarning dam olishini tashkil etish va sog‘lomlashtirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 27-fevraldagi 84-son qaroriga asosan joriy yilning 1-iyunidan 1 242 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilar uchun sog‘lomlashtirish maydonchalari faoliyati tashkil etilgan.

 

Vazir o’rinbosari imzolagan xatda ma’lum qilinishicha bugungi kunda sog‘lomlashtirish maydonchalarida 139 179 nafar bolalar dam olishlari tashkil etilgan. Shuningdek, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilar uchun “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida turli xil tadbirlar tashkil etilmoqda.

 

“Oʻzgidromet” maʼlumotiga koʻra, yaqin kunlarda harorat 41–43 darajagacha, shimolda, janubda va choʻl hududlarida esa 44–46 darajagacha koʻtarilishi aytilmoqda.

 

Bundan tashqari, Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan aholiga, ayniqsa xavf guruhiga kiruvchi fuqarolarga ehtiyotkorlik choralariga qatʼiy amal qilishi tavsiya qilingan.

 

Yuqoridagilarni inobatga olib, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tashkil etilgan sog‘lomlashtirish maydonchalari faoliyati, shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘tkaziladigan tadbirlarni hamda maktablardagi “Dolzarb 90 kun” tadbirlari doirasida rejalashtirilgan turli loyihalarni amalga oshirish joriy yilning 1-avgustiga qadar vaqtinchalik to‘xtatiladi.

Eslatib o’tamiz, Qashqadaryo viloyati MMTB jazirama kunlarda “Dolzarb 90 kun” tadbirlari ochiq maydonlarda oʻtkazilgani haqidagi xabarlar yuzasidan munosabat bildirgandi. Unda anomal issiq kunlarda tadbirlarni imkon qadar salqin va yopiq joylarda tashkil etish hamda oʻquvchilar salomatligi va xavfsizligini ustuvor vazifa sifatida taʼminlash boʻyicha hududiy boʻlimlarga tegishli koʻrsatmalar berilgani maʼlum qilingan.